Davlat xizmatining samaradorligini oshirishni ilmiy tadqiq etish LABORATORIYASI


Biz haqimizda

“Davlat xizmatining samaradorligini oshirishni ilmiy tadqiq etish laboratoriyasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va tadqiqotlar maktabi tarkibida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot tuzilmasi hisoblanadi.

Laboratoriya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–78-son Farmoni hamda Akademiya rektorining tegishli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Laboratoriya davlat xizmatlari samaradorligini ilmiy asosda tahlil qilish, davlat xizmatchilarining kompetensiyalarini baholash va rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etish hamda davlat boshqaruvi tizimida innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.

Asosiy maqsad

Laboratoriya faoliyatining asosiy maqsadi davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni oshirish, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda zamonaviy va professional davlat xizmatini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iborat.

Vazifalari

  • Davlat boshqaruvi va davlat xizmati sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
  • Davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tahliliy loyihalarni amalga oshirish;
  • Ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar va ekspert muhokamalarini tashkil etish;
  • Xalqaro tashkilotlar, ilmiy markazlar va xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • Davlat xizmatida samaradorlik, raqamlashtirish va innovatsion boshqaruv bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish.

Tashkiliy tuzilma

Laboratoriya tuzilmasi

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari

  • Davlat xizmatining samaradorligini oshirish mezonlari va indikatorlarini ishlab chiqish;
  • Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • OECD, UNDP va boshqa xalqaro standartlar asosida tahliliy yondashuvlarni joriy etish;
  • Raqamli platformalar va ilmiy-metodik yechimlarni ishlab chiqish;
  • Grant loyihalari va xalqaro ilmiy dasturlarda ishtirok etish;
  • Scopus va Web of Science bazalaridagi jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash;
  • Doktorantlar va tadqiqotchilarga metodik ko‘mak ko‘rsatish;
  • Konferensiyalar, seminarlar va ilmiy forumlarni tashkil etish;
  • Mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Ilmiy-amaliy seminarlar

Laboratoriya tomonidan davlat boshqaruvi, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlik yo‘nalishlarida muntazam ravishda seminarlar, treninglar hamda ekspert uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

Batafsil:

Ilmiy loyihalar

Laboratoriya tomonidan ilmiy grant loyihalari ham amalga oshirilmoqda.

AL-11725099029 shifrli “Kadrlar siyosati va davlat xizmatining samaradorligini baholash va rivojlantirishning milliy modelini yaratish” mavzusidagi loyiha shular jumlasidandir.

Davlat xizmatining samaradorligini oshirishni ilmiy tadqiq etish laboratoriyasi