O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va tadqiqotlar maktabi tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy tadbirlar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari va ekspertlarning chiqishlarini yoritishga qaratilgan mazkur platforma ilmiy-analitik va kommunikatsion maydon sifatida faoliyat yuritadi.
Ushbu ruknning asosiy maqsadi – yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislarining ilg‘or fikr va yondashuvlarini keng jamoatchilikka sodda, tushunarli va ta’sirchan shaklda yetkazish, shuningdek, bilim va tajriba almashinuvi uchun samarali muhit yaratishdan iborat.
Shu bilan birga, platforma Akademiyada davlat organlari rahbarlari va mutaxassislari uchun boshqaruv sohasida yangi g‘oyalarni shakllantirish, zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish va tahlil etish, istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini prognozlash hamda turli sohalar kesimida tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur muloqotlar maydoni orqali davlat boshqaruvida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, qaror qabul qilish jarayonida ilmiy asoslangan fikrlarni ilgari surish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqot madaniyatini yuksaltirishga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish ko‘zda tutiladi.