Qarshi filiali
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Qarshi hududiy filiali
Filialning maqsadi:
Qarshi hududiy filiali 2017 yil 8 avgustdagi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5139-sonli Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3901-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» 2018 yil 28 sentabrdagi 772-son qaroriga asosan tashkil topdi. Shuningdek, hozirgi vaqtda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi Akademiya nizomi, Kengash qarorlari, Akademiya rektori buyruqlari, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari hamda Nizomga asosan faoliyat olib boradi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 oktabrdagi 662-sonli “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Akademiyaning Qarshi hududiy filiali 2024/2025 о‘quv yilida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari davlat granti asosida quyi va о‘rta bо‘g‘in rahbar kadrlari (hududiy viloyat darajasida boshqarmalar boshlig‘i, о‘rinbosari, bо‘lim va shо‘ba boshliqlari hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy boshqarmalarning tuman (shahar) bо‘limlari boshliqlari) uchun qisqa muddatli (1 haftalik) 60 soatga mо‘ljallangan, viloyat, tuman (shahar) kadrlar bilan ishlash tuzilmalari boshqaruv kadrlari uchun qisqa muddatli (3 kunlik) 30 soatga mо‘ljallangan malaka oshirish kurslarini tashkil qilinib kelinmoqda.
Kafedrada о‘tiladigan fanlar:
- Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash;
- Boshqaruvda qarorlar qabul qilish: asosiy boshqaruv kо‘nikmalari tavsifi va qaror qabul qilish texnikasi;
- Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
- Ruhlantirish va jamoani kuchaytirish;
- Rahbarda ma’naviy qiyofa va imidji.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
+998(93) 906-98-77,
+998(91) 218-27-76