Urganch filiali

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Urganch hududiy filiali

Filialning maqsadi:

Hududlarda mahalliy boshqaruv kadrlar malakasini oshirish, ularning kasbiy va rahbarlik mahoratini doimiy ravishda rivojlantirishga kо‘maklashish, rahbar-tinglovchilarning kasbiy bilimi, kо‘nikmalari va mahoratini yangilab borish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, zamonaviy boshqaruv usullari, tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul yechimini topish, tashabbuskorlik va yetakchilik kо‘nikmalariga ega bо‘lishlarini yanada takomillishtirish.

Fanlar bо‘yicha о‘quv dasturlari ishlab chiqish, о‘quv jarayonini tashkil etish, darslik, о‘quv qо‘llanma, о‘quv-uslubiy kо‘rsatmalar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish. 

Filialda о‘tiladigan fanlar:

О‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvining konstitusiyaviy huquqiy asoslari;

О‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti va barqarorlikka yо‘naltirilgan 2030 yilgi strategik vazifalar: uzoq va о‘rta muddatli  rivojlanish strategiyalari;

“Yashil” iqtisodiyotga о‘tish instrumentlari va energiya tejamkorligi;

Davlat xaridlari va moliyaviy resurslarni strategik boshqarish;

“Mahallabay” ishlash tizimi negizida inson salohiyatini rо‘yobga chiqarish kompetensiyalari;

Dunyoning mafkuraviy manzarasi, jamiyatni ma’naviy taxdidlardan asrash muammolari va buyuk ajdodlarimizning merosi;

Davlat fuqarolik xizmatchilarida о‘ylash,  ratsional tafakkur qilish va fikrlash salohiyatini rivojlantirish;

Boshqaruvda tizimli tahlil va strategik qarorlar qabul qilish;

Davlat xizmatchilarining yuridik javobgarligi, manfaatlar tо‘qnashuvi hollarini tartibga solish va “halollik vaksinasi” tamoyillarini joriy etish;

Muloqot samaradorligi (kommunikativ kompetentlik, samarali hamkorlik  qilish, muzokara olib borish) ;

Davlat xizmatchilarning mehnat intizomi;

Rahbarda ma’naviy qiyofa va imiji; 

Ilmiy yо‘nalishlar:

-  “Mahallabay” ishlash tizimida MFY a’zolari va mahalliy ijroya organlarining hamkorlikdagi faoliyatini samarali tashkil etish.

- Rahbar kadrlarda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarni samarali qо‘llash uslublari.

- “Yashil iqtisodiyot”ga о‘tishda davlat va biznesning hamkorligi.

- “Yashil iqtisodiyot”ga о‘tishda investitsiya loyihalarining samaradorligi. 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Telefon:  +998(62) 224-66-24