Akademiyada 2025 yil 1 oktabrdan boshlab davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bо‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etilishi rejalashtirilgan. Bunda:

- о‘quv reja va dasturlari davlat xizmati va boshqaruvining joriy va istiqboldagi vazifalari asosida ishlab chiqilib, bir oygacha bо‘lgan muddatda rahbarlik bilim va kо‘nikmalari rivojlantiriladi;
- qisqa muddatli kurslar yakunlari bо‘yicha davlat xizmatchilarining olgan bilim va kasbiy kо‘nikmalari diagnostikadan о‘tkaziladi;
- mazkur kurslarga yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, amaliy bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lgan tajribali ekspertlar, xususiy sektor, konsalting va axborot-tahlil agentliklari mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari jalb qilinadi.

 

Kadrlar malakasini oshirish belgilangan davlat talablari asosida bir oygacha davom etadigan uquv dasturlari bо‘yicha amalga oshiriladi. Malaka oshirish kursi tinglovchilariga belgilangan namunadagi sertifikat topshiriladi.

Akademiya kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xо‘jalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etadi.