Hamkorlik uchrashuvida tomonlar ta’lim, ilm-fan va davlat boshqaruvi sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. SKOLKOVO vakillari o‘zlarining Executive Education dasturlari, korporativ ta’lim yo‘nalishlari hamda zamonaviy boshqaruv usullariga asoslangan ta’lim modeli haqida ma’lumot berdilar.
Akademiya rektori Jasur Salixov uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–78-son Farmoni asosida akademiyada amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar, zamonaviy ta’lim dasturlari, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi va ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Muzokaralar davomida professor-o‘qituvchilar va magistrantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, davlat xizmatchilari uchun qo‘shma Executive Education dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda SKOLKOVO Moskva boshqaruv maktabi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va rahbar kadrlar tayyorlash sohalarida uzoq muddatli strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga SKOLKOVO Moskva boshqaruv maktabi rektori Aleksandr Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
23.07.2026
543
Xalqaro hamkorlik