Kadrlarni qayta tayyorlash belgilangan davlat talablari asosida olti oygacha davom etadigan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Akademiya kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etadi.

Qayta tayyorlash ta’lim dasturlari:

- "Rahbar ayollar" dasturi - tashabbuskor ayollarning rahbarlik kо‘nikmalarini rivojlantirish va ularni davlat xizmatiga tayyorlash;

- "Kelajak liderlari" dasturi - istiqbolli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish hamda yosh davlat xizmatchilarining yetakchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish;

- "Tizimli tahil, strategik rejalashtirish va maqsadli kо‘rsatkichlarga erishish" dasturi - davlat organlari va tashkilotlarining rahbar va boshqaruv kadrlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar;

- "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish" dasturi - hokimlar va ularning о‘rinbosarlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar;

- "Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish" dasturi - davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosatiga mas’ul tarkibiy tuzilma rahbarlari.