«Global moliyalashtirish — mahalliy ta’sir: xalqaro tadqiqot grantlarining hayotiy siklini samarali boshqarish» Seminarda xalqaro ekspert Abdul Jalil Mahama ishtirok etdi.
Seminar davomida Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga xalqaro grant imkoniyatlarini aniqlashning zamonaviy yondashuvlari, raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqish, grant mablag‘larini samarali boshqarish hamda ilmiy loyihalarning natijadorligini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 5-maydagi PF–78-son Farmonida belgilangan ilm-fan, innovatsiyalar va ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy salohiyatni oshirish ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga xalqaro grant imkoniyatlarini aniqlash, raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqish, grant mablag‘larini samarali boshqarish hamda ilmiy loyihalarning natijadorligini oshirishga oid zamonaviy yondashuvlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, shuningdek, boshqarma, bo‘lim va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari hamda ilmiy grant yozishga qiziqish bildirgan mutaxassislar faol ishtirok etdilar.
Seminar yakunida xalqaro grantlar asosida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy natijalarni xalqaro darajaga olib chiqish hamda ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.