O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va tadqiqotlar maktabi tomonidan izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda Akademiya filiallari pedagoglari uchun “SCImago Journal Rank (SJR) platformasi va undan foydalanish imkoniyatlari” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir Akademiyada ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, izlanuvchilarning xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ilmiy maqolalarni dunyo miqyosida tan olingan yuqori impakt-faktorli jurnallarda chop etishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Scopus va Web of Science kabi nufuzli xalqaro bazalarda indeksatsiya qilinadigan jurnallarni tanlashda SJR platformasining ahamiyati, jurnallarning kvartil darajalarini (Q1–Q4) aniqlash mezonlari hamda “yirtqich” (soxta yoki ishonchsiz) jurnallardan himoyalanish usullari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Akademiyada ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish va xalqaro e’tirofga erishish masalalari muhokama qilindi
29.04.2026
449
Seminar