Ushbu rukn Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda tadqiqotchilari tomonidan “Scopus” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalarni tizimli ravishda jamlash, tartibga solish, ommaga taqdim etish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus axborot platformasi hisoblanadi.
Mazkur rukn orqali Akademiyada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, ularning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi o‘rni va ilmiy salohiyati ochiq va shaffof tarzda havolalari bilan birga taqdim etiladi.
Bu esa foydalanuvchilarga nafaqat ma’lumot olish, balki mavjud ilmiy ishlardan yanada chuqur xabardor bo‘lish imkonini yaratadi.
