Tadbirni Akademiya rektori Jasur Salixov ochib berib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini, mazkur xalqaro tadbir davlat boshqaruvi sohasida bilim va tajriba almashish, akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Fudan universiteti Xalqaro munosabatlar va jamoat ishlari maktabi professori Su Changhe ishtirokchilarni qutlab, dasturning ikki mamlakat ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbirning ochilish marosimida professor Wang Xiaolin tomonidan “Xitoyning manzilli kambag‘allikni qisqartirish tajribasi” mavzusida ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar, manzilli ijtimoiy siyosat mexanizmlari va erishilgan natijalar atroflicha yoritildi.
Shuningdek, professor Gu Limey “Raqamli intellekt asosida Xitoyda shahar boshqaruvining innovatsion amaliyoti” mavzusida ma’ruza qildi. Unda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini davlat va shahar boshqaruvi tizimiga joriy etish, “aqlli shahar” yechimlari hamda zamonaviy boshqaruv modellarining samaradorligi xususida so‘z yuritildi.
Dastur davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishdilar.
🗓 18–26-iyul kunlari davom etadigan xalqaro yozgi maktab doirasida davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar, raqamli transformatsiya va barqaror taraqqiyotga oid qator ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2026-yil 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Fudan universiteti (School of International Relations and Public Affairs, Fudan University) hamkorligida tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
21.07.2026
109
Xalqaro hamkorlik