Guliston filiali
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Guliston hududiy filiali
Filialning maqsadi:
Hududlarda mahalliy boshqaruv kadrlar malakasini oshirish, ularning kasbiy va rahbarlik mahoratini doimiy ravishda rivojlantirishga kо‘maklashish, rahbar-tinglovchilarning kasbiy bilimi, kо‘nikmalari va mahoratini yangilab borish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, zamonaviy boshqaruv usullari, tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul yechimini topish, tashabbuskorlik va yetakchilik kо‘nikmalariga ega bо‘lishlarini yanada takomillishtirish.
Fanlar bо‘yicha о‘quv dasturlari ishlab chiqish, о‘quv jarayonini tashkil etish, darslik, о‘quv qо‘llanma, о‘quv-uslubiy kо‘rsatmalar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Filialda о‘tiladigan fanlar:
Vebinar mashg‘ulotlar:
- О‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvining konstitusiyaviy huquqiy asoslari;
- Yangi О‘zbekiston davlati va faol fuqarolik jamiyatida zamonaviy kadrlar rolini kuchaytirish;
- Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bо‘yicha kadrlar ishini tashkil qilish, mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish va mehnat intizomi;
- Davlat xizmatchilarning mehnat intizomi;
- Davlat xaridlari va moliyaviy resurslarni strategik boshqarish;
- Tashkilot faoliyatini strategik tahlil qilish;
- Boshqaruvda tizimli tahlil va strategik qarorlar qabul qilish;
- Mediamenejment;
- Davlat fuqarolik xizmatchilarida о‘ylash, ratsional tafakkur qilish va fikrlash salohiyatini rivojlantirish.
Ma’ruza (suhbat) mashg‘ulotlar:
- О‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti va barqarorlikka yо‘naltirilgan 2030 yilgi strategik vazifalar: uzoq va о‘rta muddatli rivojlanish strategiyalari;
- “Yashil” iqtisodiyotga о‘tish instrumentlari va energiya tejamkorligi;
- “Mahallabay” ishlash tizimi negizida inson salohiyatini rо‘yobga chiqarish kompetensiyalari;
- Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
- Davlat xizmatchilarining yuridik javobgarligi, manfaatlar tо‘qnashuvi hollarini tartibga solish va “halollik vaksinasi” tamoyillarini joriy etish;
- Dunyoning mafkuraviy manzarasi, jamiyatni ma’naviy taxdidlardan asrash muammolari va buyuk ajdodlarimizning merosi;
- Rahbarda ma’naviy qiyofa va imiji;
- Muloqot samaradorligi (kommunikativ kompetentlik, samarali hamkorlik qilish, muzokara olib borish).
Trening mashg‘ulotlar:
- Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
- Boshqaruvda qarorlar qabul qilish: asosiy boshqaruv kо‘nikmalari tavsifi va qaror qabul qilish texnikasi;
- Tashkilotda ish hujjatlarini yuritish;
- Davlat xizmatida protokol va etiket qoidalari;
- Eng muhim samaradorlik kо‘rsatkichlari (KPI) asosida davlat xizmatchilari faoliyatini baholash;
- Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash;
- Xodimlarni motivatsiyalash usullari;
- Ruhlantirish va jamoani kuchaytirish;
- "Konflikt menejment: nizolarni boshqarish strategiyalari va texnikasi"
- Rahbarlarning emotsional toliqish sindromini profilaktikasi.
Ilmiy yо‘nalishlar:
- Davlat xizmatchilarida kreativ va tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish;
- Ayollarni rahbarlik va liderlikka yо‘naltirish;
- Davlat xizmatchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda mustaqil ta’limning о‘rni;
- Davlat axborot siyosativa mahalliy davlatorganlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari;
- Davlat xizmatchilari ish faoliyatini rejalashtirishga ilmiy yondashuv.