5–12-iyul kunlari Italiyaning Venetsiya shahridagi Ka’ Foskari universiteti mezbonligida Yevropa Ittifoqining “BRIDGE 5+1” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha siyosat maktabi” xalqaro o‘quv dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining dotsenti Davron Bekchanov, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va tadqiqotlar maktabi bosh ilmiy xodimi Alijon Oripov hamda magistratura talabasi Alisher Baymirazev ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro seminar-trening doirasida suv resurslarini samarali boshqarish, ichimlik suvi xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv ta’minoti tizimlarining barqarorligini oshirish hamda suv va sog‘liqni saqlash o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy siyosiy, huquqiy va texnik yondashuvlarni o‘rganishni nazarda tutadi.
Seminar-trening davomida suv resurslarini boshqarishning xalqaro standartlari, Yevropa Ittifoqining suv siyosati, ichimlik suvi sifati va xavfsizligi, suv xavfsizligi rejalari, suv sektorini raqamlashtirish hamda suvni tozalash va dezinfeksiya qilishning zamonaviy texnologiyalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarni Ka’ Foskari universiteti professor-o'qituvchilari hamda Italiya Milliy sog‘liqni saqlash instituti ekspertlari olib bordi.
Akademiya vakillari Venetsiyada suv resurslarini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi
15.07.2026
141
Xalqaro hamkorlik