INTELLEKTUAL QOBILIYAT, TAHLILIY VA MANTIQIY FIKRLASH SOHASIDA
Intellektual qobiliyat, tahliliy va mantiqiy fikrlashi bo'yicha test savollari xorijiy tajriba asosida tuziladi.
XORIJIY TILNI BILISH SOHASIDA
Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) bo'yicha test savollari B2 va undan yuqori darajadagi CEFR (Common European Framework of Reference) standarti asosida ikkita ko'nikma (o'qib tushunish va leksika-grammatika) bo'yicha tuziladi.

CEFR standarti bo'yicha B2 va undan yuqori darajadagi xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan nomzodlar xorijiy til bo'yicha test sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.