O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil hamda natijadorlikni boshqarish” mavzusidagi maxsus o‘quv kursi yakunlandi.

22.06.2026
66
Ta'lim

Kursning yakuniy tadbirida Akademiyaning moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori Sh. Valiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbari A. Abduqadirov ishtirok etdi.

O‘quv kursi davomida ishtirokchilar strategik rejalashtirish tizimining zamonaviy yondashuvlari, rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, tahliliy faoliyatni tashkil etish, natijadorlikni boshqarish hamda strategik hujjatlarni monitoring va baholash mexanizmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Mashg‘ulotlar interaktiv ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, keys-tahlillar, master-klasslar va kouching sessiyalari shaklida tashkil etilib, tinglovchilarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan strategik boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlarining tahliliy salohiyatini oshirish hamda strategik hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘quv kursi davlat boshqaruvi tizimida strategik fikrlash, tahliliy yondashuv va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda mas’ul xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilmoqda.