Public Administration

Davlat boshqaruvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Davlat boshqaruvi magistratura mutaxassisligi zamonaviy davlat boshqaruvi tizimining strategik ehtiyojlari hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ma’muriy islohotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan fanlararo va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturidir. Dastur davlat organlari va tashkilotlarida samarali boshqaruvni ta’minlash, natijadorlikka asoslangan faoliyatni tashkil etish, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda davlat boshqaruvi tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qodir yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Zamonaviy boshqaruv kompetensiyalari

Bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimi oldida turgan vazifalar nafaqat qonunchilik va institutsional islohotlarni amalga oshirishni, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, strategik qarorlar qabul qilish va davlat siyosatini samarali amalga oshirish bo‘yicha yangi kompetensiyalarni talab etmoqda. Mazkur magistratura dasturi tinglovchilarga davlat boshqaruvining nazariy asoslari bilan bir qatorda, zamonaviy menejment, strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, tashkilotlar faoliyatini boshqarish va davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha chuqur bilimlar beradi.

Xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar

Dastur xalqaro tajriba va ilg‘or boshqaruv amaliyotlariga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ochiqlik, hisobdorlik, samaradorlik va fuqarolarga yo‘naltirilgan boshqaruv tamoyillari alohida o‘rin egallaydi. Tinglovchilar davlat boshqaruvi tizimidagi zamonaviy tendensiyalar, elektron hukumat, ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish, institutsional rivojlanish hamda davlat organlari faoliyatini baholash mexanizmlarini o‘rganadilar.

O‘quv jarayoni va amaliy tayyorgarlik

Magistratura dasturida strategik boshqaruv, davlat siyosatini amalga oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatini monitoring qilish, risklarni boshqarish, loyiha boshqaruvi hamda liderlik kompetensiyalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv jarayoni nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, keys-stadilar, siyosiy va boshqaruviy tahlillar bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etiladi.

Kasbiy faoliyat imkoniyatlari

Dastur bitiruvchilari vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari, davlat ulushi mavjud korxonalar, tahliliy markazlar hamda xalqaro tashkilotlarda boshqaruv va rahbarlik faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘ladilar. Ular davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, davlat xizmatlari sifatini oshirish va fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladigan zamonaviy boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishga qodir mutaxassislar sifatida shakllanadilar.