Nega rahbar uchun notiqlik san’ati muhim?

09.02.2026
51
Ta'lim

Boshqaruvida rahbar faqat qaror qabul qiluvchi emas — u izohlaydi, tushuntiradi, jamoani bir maqsad atrofida birlashtiradi.

Shu bois rahbar nutqi:

— jamoaga aniq yo‘nalish beradi;

— ishonch muhitini shakllantiradi;

— ziddiyatlarni barvaqt bartaraf etadi;

— insonlarni tinglay olish va ularni rozi qilish imkonini beradi;

— qabul qilingan qarorlar mazmunini to‘g‘ri yetkazadi.

Aynan shu sifatlarni Akademiya tinglovchilarida shakllantirish, shuningdek, rahbarning ma’naviy qiyofasini anglatish maqsadida “Rahbarning germenevtik qobiliyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot taniqli spiker va kommunikatsiya bo‘yicha mutaxassis Rahimboy Jumaniyozov tomonidan olib borildi.

Tadbir bo‘lajak rahbar kadrlarda tinglash, tushunish va inson omiliga tayanadigan boshqaruv madaniyatini shakllantirishga qaratildi.