Akademiyada ichki ishlar organlari xodimlari uchun fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar-treningning birinchi bosqichi yakunlandi.

10.04.2026
79
Ta'lim

Mashg‘ulotlar doirasida murojaatlarni manzilli va tizimli hal etish, fuqarolarni to‘liq va aniq xabardor qilish, kommunikatsiya madaniyatini yuksaltirish hamda samarali qayta aloqa mexanizmlarini shakllantirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Asosiy e’tibor hududlarda muammolarni joyida va tezkor hal etish orqali davlat organlariga nisbatan ishonchni mustahkamlashga qaratildi. Bu yondashuv murojaatlar bilan ishlash tizimini reaktiv emas, balki proaktiv boshqaruv modeliga o‘tkazishni nazarda tutadi.

Seminar doirasida o‘tkazilgan assesment jarayonida ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslangan zamonaviy baholash metodikalari qo‘llanildi. Ishtirokchilarning kompetensiyalari quyidagi ustuvor yo‘nalishlar kesimida kompleks tahlil qilindi:
— korrupsiyaga mutlaq toqatsizlik,
— murojaatlar bilan ishlash samaradorligi,
— rahbarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi,
— tezkor va asosli qaror qabul qilish qobiliyati,
— bilim va dunyoqarash darajasi,
— Vatan va kasbga sadoqat.

Mazkur baholash modeli Shvetsiya, Yaponiya, Malayziya va Singapur davlat xizmatini rivojlantirish amaliyoti asosida ishlab chiqilgan milliy yondashuvga tayangan holda joriy etildi.