Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “BMB HOLDING” kompaniyasi rahbarlari uchun 36 soatlik “Korporativ strategik boshqaruv” maxsus dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.

16.02.2026
66
Ta'lim

Unda kompaniyaning 46 nafar rahbar xodimi ishtirok etdi.

Dastur strategik fikrlashni kuchaytirish, uzoq muddatli rejalashtirish sifatini oshirish, korporativ boshqaruv samaradorligini mustahkamlash hamda KPI asosida qaror qabul qilish yondashuvlarini takomillashtirishga qaratildi.

Shuningdek, risklarni boshqarish va o‘zgarishlarni tizimli amalga oshirish masalalari real biznes keyslar va amaliy tahlillar asosida tashkil etildi.

Dastur yakunida ishtirokchilar kompaniya darajasida qiymat yaratish, institutsional barqarorlikni mustahkamlash hamda raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiluvchi boshqaruv yondashuvlarini boyitdilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.