1-mavzu. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlari

Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan ulug‘ mutafakkirlarning adolat, davlat boshqaruvida mas’uliyat, ilm-u ma’rifatga asoslangan jamiyat haqidagi g‘oyalari. Eng taniqli mutafakkirlar va ularning ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari.  Ab-u Nasr Forobiyning «fozil jamiyat» g‘oyasi. Ab-u Rayhon Beruniy – ijtimoiy-siyosiy fikrlar rivojida chuqur iz qoldirgan ensiklopedik shaxs. Ibn Sinoning ma’naviy-axloqiy va siyosiy fikrlari. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida odil podshoh, podshoh va vazirlarning xalq oldidagi mas’uliyati haqida. Alisher Navoiy asarlarida “odil podshoh” obrazi; davlat va jamiyatda ma’rifatning o‘rni; rahbar mas’uliyati. Sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida siyosat, siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvga doir qarashlari. Z.M.Boburning “Boburnoma” asarida ijtimoiy-siyosiy qarashlarning aks etishi. Jadidchilik namoyandalarining siyosiy islohotlar, jamiyat va boshqaruv haqidagi qarashlari.

 

2-mavzu."O‘zbekiston – 2030" strategiyasi va uning ustuvor yo‘nalishlari

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi: adolatli jamiyat va qonun ustuvorligi yo‘nalishidagi ustuvor maqsad va vazifalar (sud-huquq tizimini chuqur isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, korrupsiyaga qarshi kurashning institutsional mexnaizmlarini kuchaytirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta’minlash). Inson kapitali va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish yo‘nalishidagi ustuvor maqsad va vazifalar (ta’lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va sifatini yaxshilash, xotin-qizlar va yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish). Iqtisodiyotni liberallashtirish va sanoatni rivojlantirish yo‘nalishidagi ustuvor maqsad va vazifalar (iqtisodiyotida davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, qishloq xo‘jaligi va sanoatning yuqori qo‘shilgan qiymat zanjiriga o‘tishi, energetika, logistika va raqamli infratuzilmani rivojlantirish). Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ustuvor maqsad va vazifalar (suv resurslarini samarali boshqarish, “yashil muhit" va “yashil energiya” loyihalarini amalga oshirish, aholining ekologik bilim va madaniyatini oshirish). Xalqaro hamkorlik, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat hamda xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ustuvor maqsad va vazifalar (qo‘shni davlatlar, an’anaviy hamkor davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mudofaa salohiyatini yanada yuksaltirish, mamlakatni turli xavf-xatar va tahdidlardan himoya qilish).

 

3-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy tizimining shakllanishi va rivojlanishi

“Siyosiy tizim” tushunchasi, uning obyektiv mazmuni va tarkibiy elementlari (davlat hokimiyati institutlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, demokratik saylovlar)  O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi shakli. Prezidentlik respublikasi va uning tavsifiy belgilari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. Qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatlari. Qonunchilik hokimiyati. Oliy Majlis va uning palatalari: shakllantirish tartibi va faoliyati mexanizmlari.  Sud hokimiyati: Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, ma’muriy, fuqarolik, jinoiy va iqtisodiy sudlar. Sud hokimiyatining asosiy tamoyillari. Ijroiya hokimiyati: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,  Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari. Siyosiy partiyalar va ularning mafkuraviy g‘oyalari. Fuqarolik jamiyati institutlari: nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV, kasaba uyushmalari. O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimi. “Aralash saylov” tizimi tushunchasi. Saylovning asosiy tamoyillari. Saylovning asosiy bosqichlari.  Prezident, parlament va mahalliy kengashlar saylovlari.

 

4-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining ochiq, tinchliksevar va pragmatik tashqi siyosati

Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadlari. O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari aloqalarining faollashuvi va mintaqaviy hamkorlik dinamikasi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi faoliyati. O‘zbekiston – BMT hamkorlik aloqalari.  O‘zbekiston – YUNESKO hamkorlik aloqalari, O‘zbekiston – SHHT hamkorlik aloqalari, O‘zbekiston – TDT hamkorlik aloqalari. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ilgari surgan muhim taklif va tashabbuslari. An’anaviy sherik davlatlar bilan o‘zaro aloqalarning rivojlanishi. Afg‘oniston bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va uning tiklanishiga ko‘maklashish.

 

5-mavzu. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmuni

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish zaruriyati. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasi  mazmuni. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi kiritilgan huquq va erkinliklar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi. O‘zbekiston demokratik suveren Respublika. O‘zbekistonning davlat boshqaruv shakli. O‘zbekiston demokratik davlat. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat. O‘zbekiston ijtimoiy davlat. O‘zbekiston demokratik dunyoviy davlat. Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi. Konstitutsiya va qonun ustunligi.

 

 6-mavzu. Davlat siyosati va boshqaruvining huquqiy asoslari

Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy asoslari. Davlat hokimiyatining bo‘linishi: qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi maqomi. Qonun ijodkorligi va jarayoni. Senator va Qonunchilik palatasi deputati maqomi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maqomi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maqomi. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari tizimi. Sud organlari tizimi. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari. Mahalliy kengash deputati maqomi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari. Hokim maqomi.

  

7-mavzu. Insonning huquq - erkinliklari va ularning kafolati

“Inson huquqlari” tushunchasi. Inson huquqlarining turkumlanishi. Inson huquqlariga oid qonunchilik. O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash tizimi. Shaxsning huquqiy maqomi. Shaxsiy huquqlar. Siyosiy huquqlar. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar. Kafolatlarning turlari. Huquq va erkinliklarni himoya qilish usullari. Sud tomonidan himoya qilish. Milliy institutlar. Ehtiyojmand toifalarni himoya qilish

 

8-mavzu. Fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy asoslari

“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi va uning konstitutsiyaviy asoslari. Fuqarolarning  o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonunchilik asoslar. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari. Jamoat birlashmalari tizimi. Jamoat fondlari. Ommaviy axborot vositalari faoliyatiining huquqiy asoslari.

“Jamoatchilik nazorati” tushunchasi. Jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari. “Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi. Ijtimoiy sheriklik mexanizmlari.