- IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARDAGI BILIMLAR
Mazkur bo‘lim nomzodlarning iqtisodiy tafakkuri, ijtimoiy rivojlanish jarayonlari, boshqaruv asoslari hamda zamonaviy iqtisodiy siyosat bo‘yicha bazaviy bilim va tushunchalarini baholashga qaratiladi.
Mazkur bo‘lim doirasida nomzodlarning:
- iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tushunishi;
- jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qila olishi;
- boshqaruvga oid vaziyatlarni baholash va ularga nisbatan asoslangan yondashuv bildira olishi;
- tizimli va strategik fikrlashi;
- iqtisodiy va boshqaruvga oid bazaviy tushunchalarni anglay olishi;
- muammolarga amaliy yechim taklif qila olishi;
- zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini tushunishi;
- rahbarlik va kommunikativ ko‘nikmalarga oid umumiy bilimlari aniqlanadi.
Savollar nomzodlarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tahlil qila olishi, ma’lumotlarni solishtirish va umumlashtirish ko‘nikmalari, boshqaruv bilan bog‘liq vaziyatlarga nisbatan mantiqiy va tizimli yondashuvi hamda amaliy fikrlash qobiliyatini baholashga yo‘naltiriladi.
8-mavzu. Jamiyat taraqqiyoti va ma’naviy qadriyatlar
Jamiyat taraqqiyotida ma’naviy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari. Ma’naviyat, axloq, madaniyat va ma’rifat tushunchalarining mazmun-mohiyati. Jamiyat hayotida vatanparvarlik, insonparvarlik, adolat, halollik, bag‘rikenglik, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasining o‘rni. Ma’naviy qadriyatlarning ijtimoiy barqarorlik, jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotiga ta’siri. Rahbar va davlat xizmatchisining kasbiy etikasi, boshqaruv faoliyatida axloqiy tamoyillarga rioya qilishning ahamiyati. Rahbar shaxsiga qo‘yiladigan ma’naviy-axloqiy talablar, xizmat madaniyati va mas’uliyat tushunchalari. Globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrash, ma’naviy tahdidlar va axborot madaniyati masalalari. Jamiyat rivojlanishida ma’naviy tarbiya va fuqarolik ongining o‘rni.
9-mavzu. Ijtimoiy sohalarda davlat siyosati va islohotlar
Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Inson kapitalini rivojlantirishning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar. Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar. Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tibbiyot va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish masalalari. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati. Yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, aholining ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish masalalari. Ijtimoiy adolat, inson manfaatlari va aholi turmush sifatini oshirishning davlat siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlari.
10-mavzu. Menejment va boshqaruv asoslari
“Menejment” va “boshqaruv” tushunchalarining mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi. Menejmentning asosiy maqsad va vazifalari. Boshqaruv faoliyatining asosiy tamoyillari va funksiyalari. Rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat jarayonlarining boshqaruv tizimidagi o‘rni. Strategik va operatsion boshqaruvning umumiy asoslari. Rahbarlik va liderlik tushunchalari, rahbarlik uslublari va ularning boshqaruv samaradorligiga ta’siri. Jamoa bilan ishlash, vakolatlarni taqsimlash va xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmlari. Boshqaruvda kommunikatsiya jarayonlari, samarali muloqot olib borish tamoyillari va nizolarni boshqarish usullari. Zamonaviy boshqaruvda innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalarning o‘rni.
11-mavzu. Iqtisodiyotning asosiy tushunchalari
Iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va asosiy tushunchalari. Bozor iqtisodiyoti va uning asosiy tamoyillari. Talab va taklif qonunlari hamda bozor muvozanati tushunchasi. Tovar, xizmat, qiymat, raqobat va bozor infratuzilmasi tushunchalari. Monopoliya va raqobat muhitining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni. Inflyatsiya, ishsizlik va iqtisodiy o‘sish tushunchalari hamda ularning iqtisodiyotga ta’siri. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) va iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Davlat byudjeti, fiskal va monetar siyosatning umumiy asoslari. Soliq tizimi va davlat xarajatlarining iqtisodiyotdagi o‘rni. Pul-kredit tizimi, markaziy bank va tijorat banklarining asosiy funksiyalari. Iqtisodiy xavfsizlik va zamonaviy iqtisodiy jarayonlarning asosiy yo‘nalishlari.
12-mavzu. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Davlat iqtisodiy siyosatining mazmun-mohiyati va asosiy vazifalari. Davlatning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchi roli. Soliq siyosati, investitsiya siyosati va davlat xarajatlarini boshqarishning umumiy asoslari. Tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari. Davlat-xususiy sheriklikning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati. Raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash choralari. Hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilma siyosati va bandlikni ta’minlash masalalari. Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan davlat choralari. Raqamli iqtisodiyot, innovatsion rivojlanish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari.
13-mavzu. Qaror qabul qilish va muammolarni hal etish usullari
Boshqaruv qarorlarining mazmuni va ularning boshqaruv tizimidagi o‘rni. Qaror qabul qilish zarurati va asosiy bosqichlari. Muammoni aniqlash, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish usullari. Strategik, operatsion va tezkor qarorlar tushunchalari. Muqobil variantlarni ishlab chiqish va eng maqbul yechimni tanlash mezonlari. Qarorlarning samaradorligi va asoslanganligi. Tahliliy va tizimli yondashuv asosida muammolarni hal etish usullari. Grafik, jadval va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilish ko‘nikmalari. Risklarni baholash, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish va boshqaruv faoliyatida kreativ fikrlashning ahamiyati.
14-mavzu. Zamonaviy boshqaruv kompetensiyalari
Zamonaviy rahbar uchun zarur bo‘lgan professional va shaxsiy kompetensiyalar. Strategik fikrlash, tashabbuskorlik, mas’uliyat va natijadorlikka yo‘naltirilgan faoliyat tamoyillari. Rahbarning kommunikativ ko‘nikmalari, samarali muloqot olib borish va muzokaralar tashkil etish usullari. Jamoa bilan ishlash, xodimlarni rag‘batlantirish va jamoada ijobiy muhit shakllantirish tamoyillari. Stressli vaziyatlarda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalari. Nizolarni boshqarish va muammoli vaziyatlarga nisbatan konstruktiv yondashuv. Zamonaviy boshqaruvda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanish. Rahbarning etik me’yorlarga rioya qilishi, ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillariga amal qilishi. Davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarining o‘rni va ahamiyati.