"Yosh liderlar" ta‘lim dasturi ishtirokchilari Janubiy Koreyada

21.05.2025
43
Ta'lim

Mazkur ta‘lim dasturi doirasida Respublikamiz yoshlari orasidan saralab olingan 30 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganmoqda.

Dasturdan asosiy maqsad — yosh rahbar kadrlarda strategik fikrlash, tizimli tahlil va samarali qaror qabul qilish kabi boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning rahbarlik salohiyatini oshirishdir.

Ayni paytda dasturning eng faol va yuqori natija ko‘rsatgan 15 nafar ishtirokchisi Koreya Respublikasida amaliy stajirovka o‘tashmoqda. Bu tashrifning asosiy maqsadi — Koreya davlat boshqaruvidagi ilg‘or tajriba, boshqaruv tizimlari, kadrlar siyosatini chuqur o‘rganish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashdir.

Mazkur tashrif yosh liderlar uchun nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish va kelgusidagi islohotlar uchun zarur yondashuvlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.