O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Hududlarni kompleks rivojlantirish” magistratura yo‘nalishi doirasida mahalliy boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.

25.02.2026
43

Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Bekzod Narimanov tinglovchilar bilan uchrashib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida:

- nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslari tahlil qilindi;
- ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalarning amaliy jihatlari muhokama etildi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi;
- siyosiy partiyalar bilan hamkorlik shakllari real keyslar asosida tahlil qilindi.
Muhokamalar jarayonida amaldagi normativ-huquqiy bazaning qo‘llanishi hamda institusional muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.