Turkiy davlatlar kadrlar siyosati sohasida tajriba almashmoqda

18.07.2025
54
Xalqaro hamkorlik

2025-yil 18-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasining Cholpon-Ota shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (O‘TG) a’zo mamlakatlarning inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organlari rahbarlarining IV uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv turkiy tilli davlatlar o‘rtasida kadrlar siyosatini modernizatsiya qilish, raqamli boshqaruv vositalarini joriy etish hamda davlat xizmatchilarining uzluksiz rivojlanishini ta’minlash kabi dolzarb yo‘nalishlarda tajriba almashish maydoniga aylandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Akademiya tomonidan ilgari surilgan yondashuvlar mintaqaviy hamkorlikning ilmiy-amaliy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar inson kapitalini mustahkamlash, kadrlar zaxirasini rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari va loyihalarni amalga oshirish borasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga kelishib oldilar.