Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Farg‘ona hududiy filialida turli tashkilotlarning rahbar kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari o'tkazildi.
Unda tijorat banklari, Farg‘ona neft bazasi, Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, Issiqlik elektr stansiyalari, O‘zagrolizing Farg‘ona filiali, “Hududgaz” Farg‘ona viloyati filiali kabi tashkilotlardan 35 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Akademiyaning Samarqand hududiy filialida ham viloyat hokimligi hamkorligida ekspress-trening tashkil qilindi.
Unda Nurobod tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlari va mahalliy tashkilotlar rahbarlari tinglovchi sifatida ishtirok etdi.
Trening doirasida “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”, “Stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “Dunyoning mafkuraviy manzarasi, jamiyatni ma’naviy tahdidlardan asrash va buyuk ajdodlarimizning merosi”, kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.