Yoshlar parlamentining yangi tarkibdagi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

30.05.2025
67
Ta'lim

28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibdagi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov ishtirok etib, Yoshlar parlamentining yurtimizda olib borilayotgan ulkan islohotlarga kamarbasta, bir yuz ellik nafar a’zosi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

Akademiyaning yoshlar siyosiy ongini oshirishda, ularning bilim va ko'nikmalarini boyitish borasida har qanday yordamga tayyorligini, ta'lim dargohimiz eshiklari yoshlar uchun doimo ochiqligini ta'kidladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti – yoshlar manfaatlarini himoya qiluvchi, tashabbuskor, maxsus platformadir.

Yoshlar Parlamenti yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashda yoshlarning ishtirokini kengaytirishni maqsad qilgan.

Davlat boshqaruvi haqida muayyan bilimga ega bo‘lgan, o‘z ortidan tengdoshlarini ergashtira oladigan, liderlik xususiyati mavjud, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan vatandoshlarimiz Yoshlar Parlamenti a'zosi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.