Uchrashuv davomida davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, davlat boshqaruvi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar ikki akademiya o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratib, Hamkorlik memorandumini imzolash tashabbusi hamda kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, ilmiy nashrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida Akademiyaning ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori R.X. Shirinova boshchiligida delegatsiya uchun Akademiya bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Mehmonlar Akademiyada yaratilgan zamonaviy ta’lim va ilmiy infratuzilma, o‘quv jarayoni hamda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur uchrashuv Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Xunan boshqaruv akademiyasi o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, kelgusida ta’lim, ilm-fan va davlat boshqaruvi sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.