Akademiya rektori Jasur Salixov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti hamda Yevropa boshqaruv maktabi eksperti, Akademiyaning Xalqaro akademik maslahat kengashi a’zosi Endryu Tempelmen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida davlat dasturlari va strategik tashabbuslarni samarali amalga oshirishda rahbar kadrlarning malakasini oshirish, strategik fikrlashni rivojlantirish, boshqaruv madaniyatini shakllantirish hamda xalqaro amaliyotni milliy tizimga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat yakunida Xalqaro akademik maslahat kengashi a’zosi Endryu Tempelmen Akademiyada Transformatsiya va strategik rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimida faoliyat boshlashi e’lon qilindi.
Bu tayinlov Akademiyaning xalqaro nufuzini mustahkamlash, davlat boshqaruvi sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etish va akademik muhitda global standartlarga mos boshqaruv laboratoriyasini shakllantirish yo‘lida maqsadli bosqich sifatida belgilandi.