Akademiya va Konrad Adenauer jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

15.08.2025
32
Xalqaro hamkorlik

Bugun, 15 avgust kuni Akademiya rahbari, doktor Jasur Salixov, Markaziy Osiyo bo‘yicha Konrad Adenauer Jamg‘armasining mintaqaviy vakili janob Andre Algermissen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Akademiya rektori tomonidan janob Andre Algermissenga Akademiyada amalga oshirilayotgan islohotlar va Prezidentimizning 78-sonli Farmoni asosida yaratilgan yangi klaster tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida Akademiya va Jamg‘arma o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy markazlari uchun Germaniyada stajirovkalar tashkil etish, mahalliy boshqaruv va nomarkazlashtirish sohasida qo‘shma tadqiqotlar, seminar va treninglarni o‘tkazish kabi masalalar yuzasidan muvaffaqiyatli kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvda tomonlar Akademiya va Konrad Adenauer Jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash har ikki tomon uchun ham manfaatli hamda yuqori ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.