Akademiyada Rustam Sobirovich Qosimovning 70 yillik yubileyi nishonlandi

04.09.2025
24
Ta'lim

O‘tganlarni ulug‘lash, ularning xalq va yurt oldidagi xizmatlarini e’tirof etish — xalqimizga xos ezgu fazilatdir.

Turli yillarda ta’lim dargohimizda xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi mudiri, fakultet dekani va rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan Rustam Sobirovich Qosimov butun hayotini ta’lim sohasiga bag‘ishlagan fidoyi inson edi.

Bugun Akademiyada ustozning 70 yillik yubileyi keng nishonlandi. Tadbirda davlat va jamoat arboblari, domlaning shogirdlari, yaqinlari hamda Akademiya jamoasi ishtirok etib, Rustam Sobirovichning yorqin xotirasi yodga olindi.

Ta’kidlanganidek, u Prezident Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan. Rustam Sobirovichning ulkan hayotiy va kasbiy tajribasi har tomonlama o‘rganish va ommalashtirishga arziydi.

Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi xizmatlari hamda 70 yillik tavallud sanasi munosabati bilan u «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. Bu yuksak mukofot ustozning davlat va jamiyat oldidagi xizmatlariga berilgan munosib e’tirofdir.

Rustam Sobirovichning sermazmun hayoti va faoliyati doimo yoshlarga ibrat maktabi bo‘lib qoladi.