2025-yil 25-iyun kuni Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda 20 dan ortiq davlat organlari, vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Unda jinoyatchilik omillarini ilmiy tahlil qilish, maqsadli ilmiy tadqiqotlarni tizimli olib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyada yoshlar jinoyatchiligining oldini olishda o'zaro hamkorlik, ilmiy muloqot va tajriba almashuv muhim ekani ta’kidlandi. Yakunda ilgari surilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilishi ko‘zda tutilgan.