Samarqand – samarali davlat boshqaruvi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylandi

24.06.2025
38
Xalqaro hamkorlik

Ayni damlarda Samarqandda o'tayotgan davlat boshqaruvi, raqamli transformatsiya va samarali xizmat ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan BMTning Davlat Xizmati Forumida Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan ham Vazirlar, hukumat idoralari rahbarlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, Akademiklar, fuqarolik jamiyati vakillari hamda innovatsion texnologiya mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Forum 2003-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va unga avvalroq AQSh, Avstriya, Ispaniya, Tanzaniya, Bahrayn, Marokash, Kolumbiya, Ozarbayjon (2019) va Koreya Respublikasi (2024) kabi davlatlar mezbonlik qilgan.

Forumda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida tajriba almashish, davlat xizmatlaridan teng foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan Samarqand vazirlar deklaratsiyasi qabul qilinadi.