Davlat fuqarolik xizmatida rahbarning ma’naviy-axloqiy imiji masalasiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi

04.06.2025
36
Filiallarimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Urganch hududiy filiali, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Urganch davlat universitetida “Davlat fuqarolik xizmatida rahbar ma’naviy-axloqiy imiji va muloqot samaradorligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda turli tashkilot rahbarlari, boshqaruv sohasida faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar hamda istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar ishtirok etdi.

Unda yig'ilganlarga rahbar ma’naviy axloqiy imiji, uning ijtimoiy-falsafiy va pisxologik talqini, mazmun-mohiyati, muloqot samaradorligi, zamonaviy rahbar imijini shakllantirish, to‘g‘risida ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslangan fikrlar yetkazildi.