O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Garvard universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Bruno S. Sergi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Regional Development” (Hududlarni kompleks rivojlantirish) magistratura yo‘nalishiga ta’lim jarayonlari, hududlarda iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni samarali joriy etish, raqobat muhitini rivojlantirish hamda barqaror rivojlanish siyosatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Professor Bruno S. Sergi ma’ruzasida Yevropa Ittifoqi davlatlarida davlat siyosatining barqaror rivojlanishida iqtisodiy o‘sish modellari, innovatsion yondashuvlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, “Regional Development” dasturini xalqaro standartlarga integratsiyalash, mustaqil tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida: “Akademiyada yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida “ilm–amaliyot–innovatsiya” uyg‘unligini mustahkamlash va xalqaro ilmiy muloqot maydonini kengaytirishga qaratilgan qisqa muddatli kursda rivojlangan davlatlarda sanoatdan tortib davlat boshqaruvigacha sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish tajribasi statistik, tahliliy ma’lumotlar asosida tushuntiriildi. Bu bilimlar davlat siyosati va boshqaruvi sohasida sunggi tendensiyalardan foydalanib samarali faoliyat yuritish uchun barchaga birdek foydali" dedi, Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish markazi direktori Xurshida Maxmadaminova.
Ma’lumot uchun: Professor Bruno S. Sergi — Garvard universiteti (AQSh) o‘qituvchisi, Cambridge (USA) shahridagi Lab for Entrepreneurship and Development (LEAD) laboratoriyasi hamrahbari. U 30 dan ortiq kitob va 200 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, Cambridge University Press va The American Economist jurnallarining muharrirlar hay’ati a’zosi hisoblanadi.