Madaniyat vazirligi boshqaruv kadrlarining malakasi oshirildi

26.07.2025
29
Seminar

2025-yil 21–26-iyul kunlari Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Madaniyat vazirligi tizimidagi rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 26-iyul kuni Akademiya rektori Jasur Salixov hamda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

O‘quv kursi davomida tinglovchilarga “Davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi”, “Tizimli tahlil va qaror qabul qilishning zamonaviy usullari”, “Vaqtni boshqarish” kabi dolzarb mavzular bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Madaniyat vazirligi mas’ullari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 48 soatlik o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar olib borildi. Dastur 14 ta muhim mavzu va 4 ta amaliy treningni o‘z ichiga oldi.

Kurs davomida zamonaviy rahbar kadrlar uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Natijada ishtirokchilar o‘z lavozim majburiyatlarini samarali bajarish, boshqaruv jarayonlarini innovatsion asosda tashkil etish hamda amaliyotda ilg‘or kompetensiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur bilim va tayyorgarlikka ega bo‘ldilar.