Amaliy tashriflar va ijodiy uchrashuvlar Akademiya taʼlim jarayonini nazariya va amaliyot uygʻunligi asosida tashkil etishga xizmat qilmoqda.

20.02.2026
40
Ta'lim

Joriy haftada Akademiya tinglovchilari uchun poytaxt muzeylariga amaliy tashriflar uyushtirildi.

"Inson resurslarini rivojlantirish" yoʻnalishi tinglovchilari Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurib, ajdodlarimiz hayoti, maʼnaviy merosi va milliy tafakkur shakllanishiga oid noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif doirasida “Jadid” gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv ham tashkil etildi. Suhbat davomida milliy oʻzlik, maʼnaviy meros va zamonaviy jamiyatda ziyolilar masʼuliyati haqida fikr almashildi.

"Davlat boshqaruvi" yoʻnalishi tinglovchilari Toshkent tarixi muzeyida boʻlib, poytaxtning shakllanish bosqichlari, shaharsozlik tajribasi hamda boshqaruv anʼanalari haqida atroflicha maʼlumot oldilar.

“Hududlarni kompleks rivojlantirish” yoʻnalishi tinglovchilari esa Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurib, millat tarixidagi murakkab davrlar, siyosiy repressiyalar saboqlari va tarixiy xotirani asrash ahamiyati haqida bilimlarini mustahkamladilar.

Mazkur amaliy tashriflar tinglovchilarda tarixiy ong, milliy gʻurur va fuqarolik masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, davlat boshqaruvida maʼnaviy tafakkur va tarixiy saboqlardan toʻgʻri xulosa chiqarish koʻnikmasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.