Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mobil zaxirasiga kiritilgan tinglovchilar Akademiyada malaka oshirmoqda

16.06.2025
37
Ta'lim

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mobil zaxirasiga kiritilgan tinglovchilar uchun malaka oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 21-iyuniga qadar davom etadi.

Ushbu o‘quvlar doirasida “Zamonaviy kadrlar — Yangi O‘zbekiston davlati va faol fuqarolik jamiyatining kuchi”, “Davlat xizmatida media madaniyat”, “Inson resurslarini boshqarish” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Inson resurslarini boshqarish” hamda “Hududlarda innovatsion moliyaviy instrumentlar orqali biznesni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish” yo‘nalishlaridagi amaliy mashg‘ulotlarda mavjud imkoniyat va resurslardan oqilona foydalanish, xususiy sektor tadbirkorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatimiz iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.