O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasida magistratura tinglovchilari bilan uchrashdi.

13.03.2026
50
Uchrashuv

Mahorat darsi davomida tinglovchilar:

• davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish,

• iqtisodiy islohotlar va investitsiya muhitini yaxshilash,

• global iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida strategik qarorlar qabul qilish masalalari yuzasidan savollar berib, ochiq fikr almashdilar.

Muloqot jarayonida Suma Chakrabarti o‘zining xalqaro boshqaruv tajribasi asosida murakkab davrlarda rahbarlar oldida turadigan mas’uliyatli qarorlar, strategik fikrlash hamda uzoq muddatli natijalarni ko‘zlab boshqaruv qarorlarini qabul qilishning amaliy jihatlari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, samarali rahbarlik uchun muammolarni chuqur tahlil qilish, inson omilini hisobga olish va aniq natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv yondashuvlari muhimligini ta’kidladi.

Tadbir davomida yosh davlat xizmatchilarini tayyorlash, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish hamda xalqaro tajribani milliy boshqaruv tizimiga integratsiya qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, Suma Chakrabarti Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasining Xalqaro akademik maslahatchilar kengashi a’zosi hisoblanadi va ushbu tashrif ham Akademiya faoliyatiga xalqaro ekspertlik tajribasini jalb etishga qaratilgan hamkorlik doirasida amalga oshirildi.