Mazkur loyiha Akademiya prorektori Raima Shirinova tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–78-son Farmoni ijrosi doirasida 6 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi, jumladan:
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
– Toshkent davlat yuridik universiteti
– O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
– Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti (Green University) ning yosh iqtidorli talabalari, magistrantlari hamda tadqiqotchilarini birlashtirdi.
Muloqot davomida klubning asosiy maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda tashkiliy mexanizmlari bilan tanishtirdi. Xususan, yoshlarda strategik fikrlash, ma’lumotlar tahlili bilan ishlash, dalillarga asoslangan holda ish yuritish, ssenariy ishlab chiqish va amaliy takliflar tayyorlash ko‘nikmalarini hozirdan rivojlantirish yuzasidan bo'lajak mutaxassislarga tushuntirish berildi hamda ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Mazkur klub milliy tahliliy salohiyatning yangi avlodini shakllantirish, professional strategik tahlilchilar zaxirasini yaratish hamda kelgusida strategik tahlil maktabining mustahkam poydevoriga aylanishiga xizmat qiladi.