Mashg‘ulotda Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili — Akramov Abbos Ashrapovich tinglovchilar bilan davlat boshqaruvida inson resurslarini zamonaviy usullar asosida tashkil etish, ularni baholash hamda raqamli tizimlar orqali boshqarish bo‘yicha amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’ruza davomida hrm.gov.uz platformasi imkoniyatlari, byurokratik jarayonlarni qisqartirish, shaffoflikni oshirish hamda boshqaruv qarorlarini aniq va ishonchli ma’lumotlarga asoslab qabul qilish masalalari atroflicha yoritildi.
Shuningdek, inson resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish, zamonaviy baholash mexanizmlarini tatbiq etish hamda boshqaruv qarorlarini aniq ma’lumotlarga asoslash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi — davlat boshqaruvi uchun raqamli fikrlovchi, zamonaviy HR kompetensiyalariga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.