Hududiy filiallar faoliyatini kompleks o‘rganish jarayonida har ikki filialda ta’lim jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–78-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirilgani aniqlandi. Shu bilan birga, Samarqand filialida infratuzilmani modernizatsiya qilish, Qarshi filialida esa o‘quv-uslubiy va tashkiliy jarayonlarni tizimlashtirish zarurligi qayd etildi.
Kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish doirasida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
— yagona o‘quv standartini joriy etish;
— ta’limning amaliy yo‘naltirilganligini kuchaytirish;
— raqamli ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish;
— ta’lim natijalarini boshqaruv amaliyotiga integratsiya qilish.
✍️Mazkur o‘rganish yakunlari asosida hududiy filiallarni istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan, ularni davlat boshqaruviga samarali integratsiya qiladigan hamda amaliy yechimlar ishlab chiqadigan natijaga yo‘naltirilgan institutsional platformalarga transformatsiya qilish vazifasi belgilandi.