Oliy ta’lim tizimi professor o‘qituvchilari va zaxira kadrlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

11.10.2025
22
Filiallarimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Xorazm viloyati Urganch filiali tomonidan Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari va zaxira kadrlari uchun “Andragogik ta’lim va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil qilindi.

Zamonaviy interfaol usullar yordamida ishni samarali tashkil etish hamda xodimlarning shaxsiy salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur malaka oshirish kursida “Eyzenxauer jadvali” asosida ish rejalarini shakllantirish va vaqtdan samarali foydalanish, shaxs o‘zida kreativ tafakkurni rivojlantirish yo‘llari, rahbarlarda uzoq kelajak istiqbolini tasavvur etish va uni yarata olish mahorati, strategik rejalashtirish va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish, stressni boshqarish va o‘z-o‘zini nazorat qilish, emotsional intellekt, liderlik, boshqaruvi, natijalarga yo‘naltirilganlik hamda yangi tajribalarga ochiqlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan mavzular o‘rin oldi.
Trening maqsadi – ta’lim tizimidagi pedagog va zaxira kadrlarda boshqaruvning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbiy bilim va kompetensiyalarini hamda liderlik ko‘nikmalarini doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat ekanligi alohida qayd etildi.