Akademiyada yangi o‘quv kurslari boshlandi

08.09.2025
35
Ta'lim

Bugun, 8-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda malaka oshirish kurslari boshlandi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlari uchun o‘quvlar
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida NNT rahbar kadrlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi. Unda 84 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. Dasturda NNT faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari, shuningdek, shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan treninglar va amaliy mashg‘ulotlar nazarda tutilgan.

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv xodimlari uchun kurslar
Jamiyatning kadrlar siyosatida belgilangan vazifalarga muvofiq, 20 nafar boshqaruv va injener-texnik xodim malaka oshirish kursini boshladi. O‘quvlarda zamonaviy rahbarlik ko‘nikmalari, samarali jamoa shakllantirish, inson resurslaridan foydalanish hamda “halollik vaksinasi” kabi dolzarb mavzular qamrab olingan.

Mazkur kurslar doirasida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy mashg‘ulot va stajirovkalar orqali kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.