O‘ZBEKENERGOTA’MIR AJ rahbar kadrlari uchun zamonaviy boshqaruv o‘quv kursi yakunlandi

21.02.2026
41
Ta'lim

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida kompaniya rahbar kadrlari uchun “Zamonaviy boshqaruv” yo‘nalishida 36 soatlik maxsus malaka oshirish o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi. Kursda 20 nafar rahbar xodim 6 kun davomida ishtirok etdi.

O‘quv dasturi doirasida zamonaviy korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish va institutsional rivojlanish masalalari chuqur o‘rganildi. Ishtirokchilar professional kompetensiyalarini mustahkamlab, strategik qaror qabul qilish, samarali muzokaralar olib borish, jamoani boshqarish, taym-menejment va nizolarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

Shuningdek, zamonaviy boshqaruv tizimlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, “Scrum” loyiha boshqaruvi, risklarni baholash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda xalqaro biznes aloqalarini rivojlantirishga oid mavzular qamrab olindi.

Kurs yakunida ishtirokchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.