Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasida belgilangan farmon ijrosini ta'minlash maqsadida "Zamonaviy boshqaruv" mavzusidai malaka oshirish kursi boshlandi.
6 kunlik intensiv (56 soat) kursda turli davlat idoralari va tashkilotlarining 21 nafar salohiyatli kadrlari uchun:
- “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi (rivojlanish, taraqqiyot strategiyasi)
- Normativ huquqiy xujjatlar va loyihalarni moliyaviy asoslantirish;
- Nizoli vaziyatlarni oqilona hal qilish ko‘nikmasini shakllantirish;
- Yangi tanishuvlar va professional aloqalar;
- Rahbar kadrlarda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- Inson huquqlari va gender tengligi
- Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini tartibga solish va “halollik vaksinasi”ni joriy etish kabi mazularda malaka oshirish kursi tashkil qilindi.
Mazkur kurs joriy yilning 18-oktyabr kuniga qadar davom etadi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilar uchun sertifikatlar topshiriladi.