Harbiy xizmatchilar zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini egallashdi

23.05.2025
31
Ta'lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Mudofaa vazirligi ofitserlari uchun “Zamonaviy boshqaruv va boshqaruv mahorati” mavzusidagi malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ushbu kurslar ofitserlarning rahbarlik qobiliyatini takomillashtirish, strategik fikrlash, murakkab boshqaruv vaziyatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Dastur doirasida tinglovchilar zamonaviy boshqaruv nazariyalari, davlat boshqaruvi mexanizmlari, jamoa bilan ishlash usullari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashdan tashqari, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, halollik standartini joriy etish istiqbollari borasida bilim va ko'nikmaga ega bo'ldilar.

Dastur yakuni bo‘yicha tinglovchilarga maxsus sertifikatlar Akademiya rektori Jasur Salixov tomonidan topshirildi.