O‘zbekiston va Rossiya Akademiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolandi

08.11.2025
66
Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi delegatsiyasi Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS)da “Rossiyada davlat boshqaruvi uchun fan” mavzusidagi ikkinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.

Anjumanda ishtirok etishdan maqsad — davlat boshqaruvida ilmning ustuvor o‘rnini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, insonparvar va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv modelini ilgari surish, shuningdek kadrlar siyosatining yangi paradigmasi va ilmiy hamkorlikning strategik ahamiyati yuzasidan fikr almashish va sohada xalqaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Rektor Jasur Salixov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida davlat boshqaruvining ilmga asoslangan yangi o‘zbek modelini yaratish, davlat boshqaruvida innovatsion standartlar asosida faoliyat yuritish — Akademiyaning ustuvor yo‘nalishi ekanini qayd etib: “Bugungi kunda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimi bilim va fanga asoslangan yangi modeliga transformatsiyalashmoqda. Biz uchun ilm — bu faqat nazariya emas, balki qaror qabul qilishning asosiy instrumentidir”, — deya ta’kidladi. Shuningdek, rektor o‘z chiqishida hamkorlikda GovTech, suv resurslarini boshqarish va kadrlar kompetensiyalarini rivojlantirish sohalarida qo‘shma tadqiqot dasturini yaratish tashabbusini ilgari surdi hamda Akademiya va RANXiGS o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat akademiyalari o‘rtasida davlat boshqaruvi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, rahbar kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va innovatsion boshqaruv metodlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.