Akademiyada “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovining suhbat bosqichi boshlandi

09.07.2025
128
Ta'lim

Bugun, 9-iyuldan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovining suhbat bosqichi boshlandi. Jarayon 28-iyulgacha davom etadi.

Suhbatlar nomzodlarning kasbiy maqsadlari, xorijda o‘qib qaytgach, bilim va tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash rejalari, intellektual salohiyati va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatini baholashga qaratilgan.

Bosqichda 782 nafar nomzod ishtirok etmoqda. Suhbatlar davlat tilida, ekspertlar va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat komissiya tomonidan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, nomzodlarning motivatsion esselari ham alohida baholanadi.

Ma’lumot uchun: 2021–2025 yillarda jamg‘arma orqali 1300 ga yaqin yoshlar nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olishga yuborilgan. 2025–2026 o‘quv yili uchun 450 ta yangi stipendiya ajratilishi rejalashtirilgan.