Bugun Akademiyada tashkil etilgan “Hokimlikka tayyorlash maktabi” dasturining birinchi mavsumi yopilish marosimi oldidan Germaniyalik hamkorlar ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov, Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Manfred Huterer, Bavariya davlat boshqaruvi maktabi prorektori Raymond Xelfrix, Hans Zaydel jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi loyihasi rahbari Kristian Blashke, Germaniyaning Samarali davlat boshqaruvi dasturi maslahatchisi Madina Ishmuradovalar va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Uchrashuvda, ikki tomonlama akademik aloqalarni rivojlantirish yo‘nalishlari, istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.
"Hokimlikka tayyorlash maktabi" dasturini yanada takomillashtirish yo‘llari tahlil etildi. Ushbu dasturning birinchi mavsumi muvaffaqiyatli yakunlangani va bunda o‘zaro samarali hamkorlikning roli katta ekanligi ta'kidlanib, o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik izhor etildi.