O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida kuni kecha o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim sifati, inson kapitali va zamonaviy kadrlar tayyorlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

23.05.2026
787
Ta'lim

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Akademiyada Germaniyaning “DVV International” instituti hamkorligida “Andragogika asosida kattalar ta’limini tashkil etish” mavzusida trening o‘tkazildi.

Nima uchun andragogika muhim?
Kattalarni o‘qitish bolalar ta’limidan farq qiladi. Rahbarlar, mutaxassislar va ish tajribasiga ega tinglovchilarga bilim berishda amaliy yondashuv, muloqot hamda tajriba almashinuviga asoslangan usullar talab etiladi.

Treningdan ko‘zlangan maqsad — professor-o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy va samarali metodlarni tatbiq etish.

Seminar doirasida ishtirokchilar:

Kattalar psixologiyasi — katta yoshdagi tinglovchilarning o‘qish, axborotni qabul qilish va qaror qabul qilish xususiyatlari;

Interfaol metodlar — keys-stadi, simulyatsiya va amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llash mexanizmlari;

Auditoriya bilan ishlash — tinglovchilarning professional tajribasini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish;

Rahbar kadrlar bilan kommunikatsiya — yuqori bo‘g‘in auditoriyasi bilan samarali ishlash yondashuvlari.

Mazkur xalqaro hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kompetensiyalarga ega rahbar kadrlarni tayyorlash hamda davlat boshqaruvi tizimi uchun professional salohiyatni mustahkamlashga xizmat qiladi.